Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yildi (+video)

221

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi keng nishonlanmoqda.

Bayram munosabati bilan Nukus shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, Vatan ozodligi va mustaqilligi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga ehtirom namunasi ko‘rsatildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Prokuratura, Chegara qo‘shinlari, Davlat bojxona va soliq qo‘mitalarining hududiy bo‘linmalari, keng jamoatchilik, mehnat jamoalari, Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.

Ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan yurtimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, yurtimiz tinchligini ta’minlash har birimiz uchun muqaddas burch hisoblanadi. Shuning uchun ham u ona Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat kabi insoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan bayram sifatida qalblarimizda chuqur o‘rin egallaydi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA