O‘smir bokschilarimiz Rossiyada tengsiz

160

Rossiyaning Tambov shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda Sirojiddin Naimov boshchiligidagi jamoamiz 13 ta vaznda ishtirok etib, 10 ta oltin va 2 ta kumush medaliga ega chiqdi.

Turnirda Muhammadali Istamov, Habibulla Saynazarov, Azizbek Narzullayev, Bobomurod Boymirzayev, Asilbek Abduqodirov, Abrorbek Sharipov, Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev, Diyorbek Murodilloyev, Xurshidbek Jo‘rayev va Asadbek Sultanboyev kabi bokschilarimiz o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini  yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Finalga qadar o‘tgan janglarda zafar quchgan Dinislom Davlatyarov va Sunnatbek Ilhomov kumush medalga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA