Futbol: Eldor Shomurodov Yevropaning qaysi jamoasida o‘z o‘rnini topadi?

334

O‘zbekiston milliy terma jamoasining umidli futbolchisi Abduqodir Husanov shov-shuvli tarzda «Manchester Siti» jamoasidan joy olayotgan bir pallada terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodovning qaysi jamoaga o‘tishi masalasi Yevropa va o‘zbek matbuotida bot-bot tilga olinmoqda.

Xo‘sh, Eldor Shomurodov 2025 yilgi qishki transferlar yo‘lagida «qizil chiroq»lar yongunga qadar Yevropaning qaysi jamoasida o‘z o‘rnini topadi?

Ayni paytda Italiyaning «Roma» futbol klubida mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan Shomurodov xususida Italiya matbuoti uni o‘z safida ko‘rishga tayyor klublar yetarli ekani borasida bir qator chiqishlarni amalga oshirdi. Ularga ko‘ra, 29 yoshli hujumchiga «Empoli», «Kalyari», «Venetsiya» va «Parma» kabi klublar qiziqmoqda. Ular «Roma»dan Eldor Shomurodovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishni so‘ramoqda. Rim klubi sport direktori Florian Gisolfi Eldor Shomurodov masalasida «Kalyari» va «Empoli»ning «Roma» rahbariyatiga ma’qul keladigan yakuniy takliflarini kutishga qaror qilgan.

Bu shuni anglatadiki, Eldor Shomurodovning aynan qaysi klubga o‘tishi hali aniq emasligidan, u mavsumni «Roma»da yakunlashi haqiqatga yaqindek, nazarimizda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA