Loyihalar uchun chetdan mablag‘ olib kelish qanchalik qiyin bo‘layotgani, uni samarali ishlatish kerakligini barcha rahbarlar tushunishi shart.

Belgilab berilgan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, aniq mexanizmini belgilab, eng quyi bo‘g‘ingacha tushirish topshirildi. 

Vazirlar, tarmoq rahbarlari, viloyat hokimlari oldiga tumanlarga tushib, o‘z ishini joyida tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish davomida vazirlik va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

O‘zA