Xitoy shimoli-g‘arbidagi Sinxay provinsiyasida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat seysmologiya markazi ma’lum qildi. Mahalliy vaqt bilan soat 15:44 da kuzatilgan yer silkinishi markaziy nuqtasi Golog-Tibet avtonom prefekturasi Madeo okrugiga to‘g‘ri keladi. Vayronagarchilik va qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni ertalab XXR janubi-g‘arbidagi Tibet avtonom viloyati Shigatse shahrida 6,8 magnitudali zilzila natijasida mingga yaqin uy vayron bo‘lgan, 126 kishi halok bo‘lgan, 188 kishi jarohatlangan. Ayni payt yer muzlagan sharoitda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.