Ma’lumki, taklif talabga qarab shakllanaveradi. Bugungi kunda yurtimiz ko‘chalarida harakatlanayotgan avtomobillar xilma-xilligi, uzoqqa bormaylik bundan besh yil oldingiga nisbatan solishtirganda, butunlay boshqacha manzara aks etmoqda.
Bunga sabab esa aynan talab asosida avtomobil importining kengayayotganidir. Jumladan, bugungi davr elektromobillarga ham ehtiyojni oshirmoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 1 184,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 68 684 dona yengil avtomobil (elektromobillarni qo‘shgan holda) import qilingan.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: yurtimizga o‘tgan yili eng ko‘p qaysi davlatlardan, qancha avtomobil import qilindi?
2024 yilning 11 oyida eng ko‘p yengil avtomobil import qilingan davlatlar ro‘yxati ma’lum qilindi. Ma’lumotga ko‘ra Yaponiyadan 152 dona, Hindistondan 577 dona, AQSHdan 633 dona, Koreyadan 11 266 dona, boshqa davlatlardan 353 dona va eng ko‘p esa Xitoydan 55 703 dona yengil avtomobil import qilingan.
Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA