FOTOREPORTAJ

Futzal bo‘yicha mamlakat terma jamoasi a’zolari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida navbatdagi mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Farruh Zokirov boshqaruvidagi O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi yanvar oyida Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi.

Sportchilarimiz joy olgan «S» guruhi bahslari joriy yilning 11–19 yanvar kunlari Toshkent shahridagi «Yunusobod» sport majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saralash natijalariga ko‘ra, to‘rt guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar va eng yaxshi bitta 3-o‘rin sohibi 2025 yilning 7–18 may kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan qit’a musobaqasining final bosqichiga yo‘l oladi. O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi saralash bosqichidagi ishtirokini 2-turdan boshlaydi.

Futzalchi qizlarimiz Filippin (13 yanvar), Quvayt (15 yanvar), Avstraliya (17 yanvar) va Turkmaniston (19 yanvar) jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA