Xitoy janubi-g‘arbidagi Tibet avtonom okrugida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Nanfang Jibao”.

Qayd etilishicha, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 09.05 da  Shigatse tumanidagi Tingri okrugida kuzatilgan silkinish markazi 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.