Prokuratura organlari tomonidan energiya resurslarini yetkazib beruvchi ta’minotchi korxonalarning qish mavsumiga tayyorgarligi, dispetcherlik xizmatlari va avariya brigadalarining uzluksiz ish rejimida faoliyat olib borishi doimiy nazoratga olingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosarlari rahbarligidagi ishchi guruhlar Nukus shahri, Taxiatosh va Nukus tumanlardagi hududiy elektr tarmoqlari hamda gaz ta’minoti bo‘limlarida bo‘lib, sohaga oid faoliyat bilan tanishdi. Navbatchi dispetcherlarga kelib tushgan murojaatlar asosida avariya brigadalarining chaqiruvga o‘z vaqtida yetib borishlari, zaxira omborlarining ahvoli o‘rganildi.
Ijtimoiy ob’ektlarning qish mavsumiga shayligi, qozonxonalarning uzluksiz faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi nazorat chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha choralar belgilandi. Shuningdek, barcha hududiy prokuraturalar tomonidan aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan uzuksiz ta’minlash, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etilishi yuzasidan nazorat kuchaytirilgan.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri