–
• “Xitoyda tarqalgan yangi metapnevmovirus O‘zbekistonda ham aniqlandi”;
• “Bolalar shifoxonalari yangi virusga chalingan bolalarga to‘lmoqda”;
• “Yangi virus Covid-19 dan kuchli ekanligi aytilmoqda” hamda shu mazmunidagi shov-shuvli xabarlar bugun ijtimoiy tarmoqlarda kun mavzusi bo‘ldi.
Garchand, holat bo‘yicha SSV va Sanepidqo‘mita tomonidan o‘z vaqtida rasmiy bayonot berilgan bo‘lsa-da, tarmoqlarda bolalar shifoxonalaridan olingan suratlar, qisqa videolavhalarning tarqatilayotgani aholida shubha uyg‘otmoqda.
Ba’zi manbalarda esa “vahimaga hech qanday asos yo‘qligi, ushbu kasallik avval ham bo‘lganligi” e’lon qilindi. Biroq…
Biz metapnevmovirus haqida nega endi eshitmoqdamiz.
Sanepidqo‘mita tomonidan muntazam ravishda olib borilayotgan Grippga qarshi emlash choralari-chi, o‘tkir respirator infeksiyalarga qarshi kurashishda nechog‘lik samarali?
O‘zA muxbirining mazkur savollariga Sanepidqo‘mita boshqarma boshlig‘i — Rustamjon Ikromov batafsil javob berdi.
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, A.Ahmedov, O‘zA