Suriyaning sobiq Prezidenti Bashar Asadni zaharlashga urinish kuzatildi, deb yozdi “The Sun” nashri.
Internetda tarqalgan xabarga ko‘ra, 59 yoshli Asad tibbiy yordam so‘rab, “kuchli yo‘tal, nafas qisishi” shikoyati bilan tibbiy xizmatga murojaat qilgan.
– Suiqasd uyushtirilgan, deb hisoblash uchun barcha asoslar bor, – degan manba.
O‘zi yashayotgan xonadonda davolanayotgan siyosatchi ahvoli barqarorligini aytgan. Tibbiy tekshiruv ham bemor zaharlanganini qayd etgan.
Rossiya hukumati bu farazni tasdiqlamadi.