Joriy yilning 10-12 yanvar kunlari Tunisda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Unda dunyoning 37 davlatidan 300 nafarga yaqin qilichbozlar ishtirok etadi. Quvonarlisi, mazkur musobaqada O‘zbekiston qilichbozlik terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, qilichbozlarimiz bugun Kolumbiyada boshlanadigan U20 yosh toifasidagi jahon kubogidan so‘ng Tunisga yetib borsa, kattalar jamoamiz Toshkentdagi oxirgi tayyorgarlikdan so‘ng Afrikaga uchib ketadi.
Ma’lumot o‘rnida: Tunisda o‘tadigan jahon kubogida Islombek Abdazov, Zuhriddin Qodirov, Musa Aymuratov, Alpamis O‘rakbayev, Sardor Abdukarimbekov, Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva, Ayako‘z Jumamuratova hamda Samira Shokirova kabi sportchilarimiz qatnashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA