Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning yanvar oyi uchun e’lon qilgan yangilangan reytingidan o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi joy oldi.
Mahoratli bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarim yengil vaznda vaqtinchalik chempion sifatida qayd etilgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vaznda, Hasanboy Do‘smatov o‘rta yengil vazn toifasida birinchi o‘rinda qayd etildi.
Shuningdek, Otabek Xolmatov o‘tgan oydagi o‘rnini (4-o‘rin) saqlab qoldi. Isroil Madrimov super yarim o‘rta vaznda 4-o‘rinda, Bektemir Meliqo‘ziyev eng o‘rta vaznda 3-o‘rinda e’tirof etildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA