Janubiy Koreya tergovchilari Prezident Yun Sok Yolni himoya qiladigan xavfsizlik kuchlari bilan besh soat davom etgan qarama-qarshilikdan so‘ng uni hibsga olish uchun olib borilayotgan harakatni to‘xtatishga qaror qildi, deb yozdi “RIA Novosti” agentligi.

– Ziddiyat davom etayotgani sababli qo‘lga olish amaliyotini bajarish, deyarli, imkonsiz bo‘lib qoldi, – dedi Markaziy razvedka boshqarmasi mas’ul vakili. – Biz voqea joyidagi zobitlar xavfsizligini o‘ylab, order ijrosini to‘xtatishga qaror qildik.

Tergovchilar bilan Prezident xavfsizlik xizmati va poytaxt mudofaa qo‘mondonligi tarkibidagi tegishli harbiy qism xodimlari o‘rtasidagi bahs natija bermadi.

Keyingi harakatlar va qarorlar qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.