Aholi muammolari o‘rganilmoqda

Qish mavsumini betalafot o‘tkazish, jismoniy va yuridik iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, energiya resurslarini iqtisod qilish hamda talon-torojliklarning oldini olish borasidagi ishlar bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari Sh.Muxamatov sohaga oid amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish, muammolarni o‘rganish maqsadida Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot tumanlarida bo‘lib, tumanlardagi elektr ta’minoti korxonasi va gaz ta’minoti bo‘limlarining dispetcherlik xizmatlari, iste’molchilar murojaatlarini qabul qilish markazlari, avariya brigadalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda zaruriy ehtiyot qismlar omborining holati o‘rganildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan joriy yilgi Davlat dasturlaridagi amalga oshirilayotgan qurilish ob’ektlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar davom etmoqda. Jumladan, Qorao‘zak, Taxtako‘pir va Qo‘ng‘irot tumanlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ijtimoiy soha, irrigatsiya ob’ektlari va ko‘p qavatli uylarni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
Mazkur jarayonda, mas’ullarga ishlarni jadallashtirish, ob’ektlarni o‘z muddatida va sifatli topshirish, byudjet mablag‘larini talon-toroj etilishini oldini olish va ishchilarni rasmiy sektorga o‘tkazish bilan bog‘liq tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri