Bugun Rossiya gazini Ukraina orqali ko‘hna qit’aga yetkazib berish to‘xtatilishi munosabati bilan Yevropa Komissiyasi vakili YeI mamlakatlari voqeaning bunday rivojiga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozdi.
Ta’kidlanishicha, hozirgi infratuzilma Markaziy va Sharqiy Yevropaga muqobil yo‘llar orqali RFdan boshqa o‘lkalar gazini olib kelish uchun “yetarli darajada moslashuvchan”. Mavjud vaziyatga javoban, YeK 2022 yildan boshlab infratuzilma past bosimli tabiiy gazni import qilish uchun yangi quvvat bilan mustahkamlanishini ta’kidladi.
Ayni vaqt Avstriya Energetika vazirligi gaz ta’minoti kafolati hali saqlanganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. Bozor ishtirokchilari muqobil gaz manbalariga Germaniya yoki Italiyadan kirish yo‘llari orqali, shuningdek Avstriya omborlaridan tranzit bo‘yicha murojaat etdi.
Gazprom 1 yanvar kuni soat 08:00 dan boshlab “Gazprom” va “Naftogaz” o‘rtasida 2019 yil 30 dekabrda tuzilgan besh yillik shartnoma muddati tugaganligi sababli Rossiya gazini Ukraina orqali yetkazib berishni to‘xtatdi. Ukraina Energetika vazirligi mamlakat gaz tashish tizimi bunday qarorga oldindan tayyorlanganini ma’lum qildi. Vazir German Galushchenko tranzit bekati yopilganini “tarixiy voqea” deb atadi.