FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida joylashgan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida belbog‘li kurash bo‘yicha 2006-2007 yilda tug‘ilgan yoshlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 200 nafardan ziyod iqtidorli sportchi 10 ta vazn toifasida gilamga tushib, g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Qizg‘in bellashuvlar natijasida jamoaviy hisob bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi birinchi, Toshkent viloyati sportchilari ikkinchi, Andijon va Namangan viloyatlari kurashchilari uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA