Rossiyaning Murmansk viloyatida “Murmansk-Sankt-Peterburg” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi.
Bu haqda “Rossiya temir yo‘llari” OAJ ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “AzerTAJ” axborot agentligi.
Ichida 326 nafar yo‘lovchisi borligi aytilayotgan poyezd favqulodda holatda yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketgan. Baxtsiz voqea oqibatida jarohatlanganlar bilan birga, qurbonlar ham borligi aytilmoqda.
Bir qancha vagonlar relsdan chiqib ketgan. To‘qnashuv “Knyajnaya” stansiyasida sodir bo‘lgan.
Ayni paytda voqea joyiga tez yordam brigadalari yuborilgan, favqulodda xizmat xodimlari ishlamoqda.
G.Sattorova, O‘zA