“Temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

— Temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar ro‘yxati;

— Temir yo‘l transporti sohasida bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati;

— Temir yo‘l transporti sohasida iste’molchilarga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati.

Bunda iste’molchilarga aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul taqdim etiladi.

O‘zA