Sinxron suzuvchilarimiz Rossiyada sovrindor bo‘ldi

219

Rossiyaning Moskva shahrida sinxron suzish bo‘yicha o‘tkazilayotgan Federatsiya kubogi musobaqasida sportchilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Nufuzli musobaqaning miks duet yo‘nalishida ishtirok etgan Vyacheslav Rudnev va Anna Vaenko 152.1325 ball to‘plagan holda delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni keltirgan bo‘lsa, erkaklar orasidagi solo bahslarida Vyacheslav Rudnev 119.1333 ball jamg‘argan holda o‘zining ikkinchi kumush medaliga ega chiqdi. Ushbu yo‘nalishning ayollar bahsida Anna Vaenko 178.0533 ball bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

Afsuski, o‘smirlar o‘rtasidagi duet toifasida mahoratini namoyish etgan Darya Kochneva va Sabina Mahmudova tandemi to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, solo yo‘nalishida Sabina Mahmudovaga biroz omad yetishmadi va to‘rtinchi bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA