Gandbol: Markaziy Osiyo chempionatida O‘zbekiston peshqadam
252

Bugun, 18 dekabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida gandbol bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan Markaziy Osiyo chempionatining to‘rtinchi kungi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston jamoasi bilan kuch sinashadi.
Kun mobaynida shuningdek, Qozog‘iston – Tojikiston, Mo‘g‘uliston – Pokiston jamoalari ro‘baro‘ keladi. Qirg‘iziston terma jamoasi uchun bugun dam olish kuni sifatida belgilangan.
Ortda qolgan 3 ta tur o‘yinlaridan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 6 ochko bilan turnir jadvalini boshqarayotgan bo‘lsa, keyingi pog‘onalardan joy olgan Qozog‘iston 4, Pokiston 4, Mo‘g‘uliston 2, Turkmaniston 2 ochkoga ega bo‘lib turibdi. Musobaqada qatnashayotgan Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoalari hali biron bir ochko qo‘lga kirita olmadi.
Chempionatning so‘nggi tur o‘yinlari 21 dekabrda bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA