Dzyudo: Alisher Yusupov Yevropa chempionlar ligasida qatnashadi 

213

Fransiyaning Monpele shahrida dzyudo bo‘yicha klublar o‘rtasida o‘tadigan Yevropa chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etadigan sportchilar va jamoalar ro‘yxati e’lon qilindi.

Biz uchun e’tiborli jihati, o‘nlab Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionlari ishtirok etadigan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, “Parij-2024” Olimpiada o‘yinlari bronza medali sohibi hamyurtimiz Alisher Yusupov ham Yevropa chempionlar ligasi bahsida o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.

E’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, hamyurtimiz Alisher Yusupov Chempionlar ligasi bahslarida “PSJ” sharafini himoya qiladi.

Musobaqada ko‘hna qit’aning 6 ta davlatidan 14 ta jamoa kurash olib boradi. Musobaqalar 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA