Tramp “ABC News” telekanalini sudga berib, 15 million dollar undirdi

220

Da’voga teleboshlovchi Jorj Stefanopulosning yolg‘on bayonotlari sabab bo‘ldi, deb yozmoqda “BBC” axborot portali.

2023 yili Nyu-York fuqarolik sudi Trampni 1996 yilda univermaglardan birining kiyinish xonasida Elizabet Jan Kerrollga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgan, deb topgandi.

Sudya Luis Kaplanning aytishicha, hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, Kerroll xonim Tramp uni jinsiy zo‘rlaganini isbotlay olmagan.

Joriy yilning 10 mart kuni “ABC News” telekanali jurnalisti Stefanopulos jonli efir payti Trampni “zo‘rlash uchun javobgar shaxs” deb qayta-qayta takrorladi.

Ish fuqarolik sudyasi tomonidan ko‘rib chiqildi va Tramp foydasiga hal bo‘ldi. Telekanal Stefanopulosning bayonotlari uchun “afsusda” ekanligini bildirgan.

Trampning da’vosini hal qilish doirasida “ABC News” telekanali AQSHning avvalgi prezidentlari qilganidek, da’vogar tomonidan yoki uning uchun tashkil etiladigan prezidentlik fondi va muzeyiga xayriya sifatida 15 million dollar to‘laydi.

– Ushbu mablag‘lar prezident kutubxonasini rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi, -deya xabar beradi AQSH matbuoti. Telekanal shuningdek, Trampning yuridik to‘lovlari uchun qo‘shimcha 1 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi.

G.Sattorova, O‘zA