Kuni kecha Amerikaning “TIME” jurnali Donald Trampni “Yil odami” sifatida e’lon qildi. Bu haqda “CBS News” xabar bermoqda.

Tramp joriy yil AQSHdagi prezidentlik saylovlarida asosiy nomzodlardan biri Kamala Harrisni ortda qoldirgan holda muhim shtatlarda g‘alaba qozondi. Uning ham ichki siyosatga, ham jahon sahnasiga ta’siri inkor etilmaydi. 

Trampning saylovoldi tashviqoti asosan, iqtisodiyot va immigratsiyaga qaratilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 2016 yili birinchi marta prezidentlikka saylanganida ham “TIME” jurnali tomonidan “Yil odami” sifatida baholangan edi.

G.Sattorova, O‘zA