Dunyo kurashchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun bellashadi

176

Ertaga poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon professionallar seriyasi (“World Seriyes Pro”) turnirining final bahslari bo‘lib o‘tadi. “Universal” sport saroyida o‘tkaziladigan ushbu nufuzli musobaqada dunyoning eng kuchli polvonlari 10 ta vaznda – erkaklar -66, -73, -81, -90, -100, +100 kilogrammda, ayollar -52, -63, -78, +87 kilo og‘irliklarda o‘zaro kuch sinashadi.

Sovrin jamg‘armasi 170 ming AQSH dollaridan iborat turnirda ishtirok etadigan bir qator davlatlarning sport delegatsiyalari yurtimizga yetib kelmoqda. Bugun, 16 dekabr kuni xalqaro turnir o‘tkazilishi oldidan texnik qo‘mita, hakamlar va chet el sport delegatsiya vakillari ishtirokida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Bugungacha “World Seriyes Pro” turnirida qatnashadigan Janubiy Afrika, Eron, Tojikiston, Hindiston, Rossiya, Moldova kabi davlatlarning terma jamoalari yurtimizga yetib keldi. Ularni poytaxt aeroportida O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan biriktirilgan tashkiliy qo‘mita a’zolari tantanali kutib oldi.

Xorijiy davlatlarning sport delegatsiyalarining tashrifi davom etmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA