Qozog‘istonning Ostona shahrida gandbol bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning erkaklar jamoalari birinchiligida Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Pokiston va Mo‘g‘uliston terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqada Botir Karadjayev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Kecha chempionatning dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik gandbolchilar Qirg‘iziston terma jamoasi bilan kuch sinashdi.
Mamlakatimiz gandbolchilarining to‘liq ustunligida o‘tgan bahsda hamyurtlarimiz o‘n ikki to‘p farqi bilan qirg‘izistonlik raqiblarini mag‘lub etdi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston – 41:29.
Bugun, 16 dekabr kuni musobaqaning navbatdagi bosqich uchrashuvlari tashkil etiladi.
Chempionat 21 dekabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA