Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida sinxron suzish bo‘yicha jahon ligasi o‘tkazildi. Unda «Art&Swim» jamoasi mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Musobaqaning 13-15 yosh toifasidagi aralash duet bahslarida Ivan Medvedev va Yelizaveta Afanaseva tandemi 140.9042 ball jamg‘argan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Kombo yo‘nalishida «Art&Swim» ikkinchi o‘rindan joy oldi. Shuningdek, solo yo‘nalishida Yelizaveta Afanaseva bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, jahon ligasida «Art&Swim» jamoasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan holda yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA