Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha U20 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida jahon kubogi bosqichining jamoaviy bahslari o‘tkazildi.
Unda Ayakoz Jumamuratova, Gulistan Perdibayeva, Samira Shokirova va Errera Lara Luisa Fernanda kabi mohir qilichbozlardan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi kumush medalga sazovor bo‘ldi. Jahon kubogining oltin medali Vengriya terma jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, Buyuk Britaniya termasi bronza medal bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida: Jahon kubogida Fransiya, Ispaniya, Bolgariya, Vengriya, Hongkong, Xitoy, AQSH, Ruminiya, Turkiya, Polsha, O‘zbekiston, Gruziya va boshqa davlatlardan 200 dan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Ta’kidlash joizki, termamiz a’zosi Gulistan Perdibayeva yakkalik bahslarda kumush medal sohibiga aylangan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA