Chexiya prezidenti Petr Pavel juma kuni pensiya islohotiga imzo chekdi, unga ko‘ra, mamlakatda pensiya yoshi bosqichma-bosqich 67 yoshga ko‘tariladi, deb xabar berdi “České noviny” nashri.
– Prezident tomonidan imzolangan pensiya islohotida keksalik nafaqasiga chiqish yoshini bosqichma-bosqich 67 yoshgacha oshirish, shuningdek, yangi tayinlangan pensiyalar miqdorini kamaytirish nazarda tutilgan. Bunda demograflar va iqtisodchilarning fikrlari inobatga olindi, -deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, islohot pensiya yoshini bosqichma-bosqich 67 yoshga ko‘tarish bilan bir qatorda, erta pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan kasblar doirasini belgilaydi. Bu yerda gap to‘rtinchi xavf toifasidagi kasblar haqida bormoqda (xavfli sanoat ishchilari, kon qutqaruvchilari, maxsus politsiya xodimlari, quvur tozalovchilar va hokazo). Ular boshqalarga qaraganda besh yil oldin nafaqaga chiqishlari mumkin.
Islohot, shuningdek, o‘rtacha ish haqining 20 foizi miqdorida eng kam pensiyani joriy qilishni ko‘zda tutmoqda. Bu hozir taxminan 45,8 ming kron (taxminan 1,9 ming dollar)ni tashkil etadi.
S. Rahimov, O‘zA