Sambo: Osiyo kubogida 4 ta oltin medal qo‘lga kiritildi
169
Qozog‘istonning Aktau shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo kubogida mamlakatimiz sambochilari muvaffaqiyatga erishdi.
Shiddatli bellashuvlar natijasida mamlakatimizning yosh sambochilari qit’aning iqtidorli sambochilaridan ma’lum vaznlarda ustunlikka erishib, 4 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ushbu natija terma jamoamiz a’zolariga umumjamoa hisobida 2-o‘rinni taqdim etdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA