O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, o‘zining mustahkam irodasi, yuksak matonati va ishbilarmonlik fazilatlari bilan qishloq ayollarining bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirishda tashabbuskorlik va shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, tikuvchi Yuldasheva Dilorom Shodiyevna «Mardlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev