AQSH Kongressi vakillar palatasi 2025 yil uchun mudofaa byudjeti loyihasini tasdiqladi

Qo‘shma Shtatlar Kongressi vakillar palatasi a’zolari 2025 yil uchun (1 oktyabrdan boshlangan) mudofaa byudjeti loyihasini 884 milliard dollar miqdorida ma’qulladi. Ovoz berish jarayoni “C-Span” telekanali orqali jonli namoyish qilib borildi.
Hujjat Hind-Tinch okeani mintaqasida AQSH mavqeini kuchaytirish, harbiylarning maoshlarini oshirish, yettita yangi kema qurish va mamlakat mudofaa sanoati bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning ta’kidlashicha, byudjet pullari Amerikaning butun dunyo bo‘ylab manfaatlarini himoya qilishdagi asosiy missiyasiga yo‘naltiriladi.