Og‘ir atletika: Sarvarbek jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi

257

Bahrayn poytaxti Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatining navbatdagi kungi bahslari o‘tkazildi.

Erkaklar o‘rtasida -89 kilogramm vazn toifasining “A” guruhi bellashuvlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Sarvarbek Zafarjonov dast ko‘tarishda 171 kilogramm toshni bo‘ysundirib bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq, Muhammadqodir Toshtemirov  -81 kilogramm vaznda kumush va bitta bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.

15 dekabrga qadar davom etadigan jahon chempionatining keyingi kunlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Sharofiddin Amriddinov va Ruslan Nuriddinov -109 kilo og‘irlikda, Tursunoy Jabborova ayollar o‘rtasida -87 kilogramm vaznda o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA