Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida fizika, tibbiyot, kimyo, adabiyot va iqtisodiyot bo‘yicha 2024 yilgi Nobel mukofotlari o‘z egalariga topshirildi.

“Konsert Huset” binosida bo‘lib o‘tgan marosimda Shvetsiya qirollik oilasi a’zolari, mamlakat Bosh vaziri Ulf Kristersson, partiyalar va xorijiy davlatlar vakillari, sovrindorlar, shuningdek, ko‘plab mehmonlar ishtirok etdi.

Sentyabr oyida nomi e’lon qilingan sovrindorlarga mukofotlarni Shvetsiya qiroli Karl Gustav XVI topshirdi.

Unga ko‘ra, turkiyalik akademik Daron Acyemog‘lu, Saymon Jonson va Jeyms Robinson Iqtisodiyot yo‘nalishida mukofotni oldi. Shuningdek, Jon Xopfild va Jefri Xinton – fizika bo‘yicha, Devid Beyk, Demis Xassabis va Jon Jamper – kimyo fanidan, Viktor Ambros va Gari Ruvkun – tibbiyotda, Xan Kang – adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

Nobel mukofoti sovrindorlariga diplom, shu nomdagi medal va 1 million 100 ming dollarga yaqin pul mukofoti topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning “Nihon Hidankyo” tashkilotiga “denuklearizatsiya” sohasidagi faoliyati uchun berildi.