AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatda noqonuniy bo‘lgan barcha shaxslarni, ayniqsa, deportatsiya qilinganlarning oila a’zolarini Qo‘shma Shtatlardan chiqarib yuborishga tayyorligini aytdi. Bu haqda “NBC News” telekanali xabar bermoqda.

Shu bilan birga, u AQSHga bolaligida kelgan hujjatsiz muhojirlarning o‘lkada qolishini ta’minlaydigan qonunlarni qayta ko‘rib chiqmoqchi.

Trampning ommaviy deportatsiya rejasini e’lon qilishi – uning prezidentlik kampaniyasidagi asosiy va’dasi edi.

– Biz jinoyatchilarni AQSH hududidan haydab chiqarishimiz kerak, -dedi u Kristen Uelkerning “Matbuot bilan tanishish” ko‘rsatuviga bergan intervyusida.

AQSHning Meksika bilan chegarasida cheklovlarni kuchaytirish xuddi 2016 yildagi kabi Tramp saylovoldi kampaniyasining asosiy nuqtalaridan biri bo‘ldi

U shuningdek, AQSHdagi noqonuniy migrantlar deportatsiyasi bo‘yicha ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. Bu holat Amerikadagi aralash immigratsiya maqomiga ega, ota-onalari noqonuniy, farzandlari esa AQSH fuqarolari bo‘lgan taxminan 4 million oilaga ta’sir qilishi mumkin.