Saturn halqalari 2025 yilning mart oyigacha yo‘qoladi. Bu haqda “AzerTAJ” xorijiy OAVlarga tayanib xabar tarqatdi.
Yarim yil davomida Saturn sayyorasi Quyosh tomon egilib, halqalarining yuqori qismini yoritadi. Yilning ikkinchi yarmida esa hamma narsa aksincha bo‘ladi. Sayyora o‘qi Quyoshdan uzoqlashgan, bu holat uning halqalari pastki qismini yoritib turadi. Ammo Saturn o‘z orbitasida ikki marta tengkunlikni boshdan kechiradi, xuddi Yerdagi kabi, shimoliy va janubiy yarim sharlarga bir xil miqdorda yorug‘lik beradi.
Tenglik paytida halqalarning chetlari Yerga qaratilgan, shuning uchun ular ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, chunki hech bir tomon quyosh nurini aks ettirmaydi.
Saturn halqalari mart oyidan keyin yana paydo bo‘ladi va 2025 yilning noyabrida yana qisqa vaqt ichida yo‘qoladi.