FOTOREPORTAJ

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovning “Qoraqalpoq qizi” romani asosida sahnalashtirilgan “Jumagul” spektakli taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Spektakl rejissyor Muxtor Reyimov tomonidan sahnalashtirilgan. Unda qoraqalpoq qizlari orasidan birinchilardan bo‘lib, ta’lim, ilm va fan yo‘liga qadam qo‘ygan Jumagulning taqdiri, qiyinchiliklarga mardonavor kurashi sahna ko‘rinishi orqali ishonchli tasvirlab berilgan.

Bosh qahramon – “Jumagul” obrazini Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sarvinoz Annaqulova ijro etgan.

Masqad HABIBULLAEV (surat), O‘zA