FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi kasblar tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda elektromontaj, payvandlash, novvoychilik va dizaynerlik kasbi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bellashuvlar olib borildi.
Novvoychilik bo‘yicha tashkil etilgan tanlovda shahar va tumanlardan jami 20 nafar yosh ishtirok etdi. Ular hay’at a’zolarining topshiriqlari bo‘yicha belgilangan vaqt oralig‘ida va pazandachilik tartiblariga muvofiq, ko‘rsatilgan shartlarni to‘liq bajarishga harakat qildi. Qo‘ng‘irot tumanidan Saodat Xo‘jaboyeva birinchi, Chimboy tumanidan Gulchehra Orazbayeva ikkinchi, Ellikqal’a tumanidan Nilufar Sa’dullayeva uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA