7 nafar bokschimiz Osiyo chempionligi uchun ringga ko‘tariladi

393

Bugun, 10 dekabr kuni Tailandning Chiangmay shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ayollar yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.

Quvonarlisi, ushbu kun davomida O‘zbekiston ayollar boks terma jamoasining 7 nafar vakili Osiyo chempionati finalida ringga ko‘tariladi. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.

Bokschilarimizning finaldagi raqiblari bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova – Linh Chi Ngo (Vetnam) 12:00,

-52 kg: Feruza Kazakova – Svitlana Umanska (Ukraina) 12:30,

-54 kg: Aziza Yoqubova – Natnicha Chongprongklang (Tailand) 12:45

-57 kg: Nigina O‘ktamova – Punrave Ruyenros (Tailand) 13:00,

-66 kg: Navbahor Hamidova – Huiping Yuan (Xitoy) 13:45,

-75 kg: Aziza Zokirova – Lina Vang (Xitoy) 14:15,

+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Yeldana Talipova (Qozog‘iston) 14:45.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA