Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov Qo‘shma Shtatlar g‘arbdagi ittifoqchilari bilan birga RF salohiyatini yetarli baholamayotganiga e’tibor qaratib, Moskva Vashingtonning har qanday ig‘vogarona harakatiga javob berishidan ogohlantirdi.
– AQSHning hozirgi ma’muriyatiga murojaatimiz aniq: bizga qarshi harakatga munosib javob beramiz, – dedi Ryabkov chorshanba kuni Amerika televideniyasiga bergan intervyusida. – Bu tahdid emas, Rossiya mudom o‘z manfaatini himoya qilish yo‘lini topadi. Lozim bo‘lsa, kuchliroq harbiy vositalarga murojaat qilishdan boshqa choramiz qolmaydi.
Mazkur bayonot AQSH va NATO bo‘yicha ittifoqchilar Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanishga ruxsat berishi mumkinligi, Amerika va Britaniya tomonidan yetkazib berilgan raketalar Kursk va Bryansk viloyatlaridagi RF harbiy pozitsiyalarini nishonga olgani haqidagi bayonotlar paydo bo‘lgandan so‘ng yangradi.
Darvoqe, Rossiya ham javoban birinchi marta Ukraina mudofaa sanoati ob’ekti – Dneprdagi “Yujmash” zavodiga zarba berish uchun eng yangi “Oreshnik” – yadroviy bo‘lmagan o‘rta masofali ballistik raketalardan foydalandi.
Prezident Vladimir Putin ham “G‘arbning ig‘vogarona siyosati mojaroni yanada kuchaytirishi dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin”ligini ta’kidlagan.