Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” (“President Tech Award”) tanlovining Demo Day haftaligi boshlandi.
Ushbu hafta davomida tanlovning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 54 ta saralangan jamoa o‘z innovatsion loyihalarini taqdim etib, final bosqichiga chiqish uchun kurashadi. 54 ta jamoa o‘z startaplarini yetakchi kompaniyalar mutaxassislariga taqdim etdi. Kun yakunida hakamlar hay’ati finalga o‘tgan 15 ta eng yaxshi jamoani aniqladi.
Finalga chiqa olmagan jamoalar “Plug and Play” mutaxassislaridan fikr-mulohazalar oladi. Bu esa ularga o‘z startaplarini takomillashtirish imkonini beradi.
7 dekabr kuni startaplar uchun grand final bo‘lib o‘tadi. Tanlov g‘oliblari hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 900 ming dollarni tashkil etadi.
N.Rahmonova,
O‘zA