Bugun poytaxtimizdagi «Paxtakor» va «Yoshlik» qilichbozlik sport zallarida shpaga, sablya va rapira bo‘yicha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Osiyo kubogi bahslari boshlandi.

Nufuzli musobaqada Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Hindiston, O‘mon, Xitoy Taypeyi, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 200 nafarga yaqin yosh sportchi ishtirok etmoqda.

G‘olib va sovrindorlar nomi 6 dekabr kuni ma’lum bo‘ladi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA