Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo kubogi start oldi

311

Toshkent shahrida qilichbozlikning shpaga, sablya, rapira yo‘nalishi bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi boshlandi.

Mazkur musobaqada turli davlatlardan kelgan 200 nafarga yaqin qilichbozlar ishtirok etmoqda. Musobaqada ishtirokchilar yakkalik va juftlik bahslarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.

Osiyo kubogi musobaqalari 6 dekabr kuniga qadar “Paxtakor” va “Yoshlik” qilichbozlik sport zallarida bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA