“Paxtakor” yana durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasining 6-turi doirasidagi uchrashuvlar o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur turda poytaxtimizning “Paxtakor” klubi “Jar” stadionida “Al-Ayn” bilan raqobatlashdi. O‘yinning 6-daqiqasida Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasiga kelib Sufian Rahimi oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Shu tariqa, bahs 1:1 hisobida yakunlandi.
Shuningdek, “Al-Hilol” – “Al-Garafa” bahsi 3:0 hisobida yakunlandi. 6-tur doirasida “Al-Ahli” – “Istiqlol” 2:2, “Persepolis” – “Al-Shorta” 2:1, “Al-Vasl” – “Al-Rayyan” 1:1, “Al-Nasr” – “Al-Sadd” 1:2 hisobidagi natijalar qayd etildi.
Liganing 6-turi yakunlariga ko‘ra, “Al-Hilol” va “Al-Ahli” klublari bir xil 16 ochko to‘plagan holda 1-2 o‘rindan joy olgan bo‘lsa, “Al-Nasr” 13 ochko bilan kuchli uchlikdan joy olgan.
“Paxtakor” klubi esa 4 ochko bilan 9-pog‘onada bormoqda.
Endi 7-turda “Al-Ayn” – “Al-Rayyan”, “Istiqlol” – “Al-Shorta”, “Al-Sadd” – “Al-Axli”, “Al-Nasr” – “Al-Vasl”, “Al-Garafa” – “Paxtakor”, “Al-Hilol” – “Persepolis” jamoalari o‘zaro bahslashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA