Mamlakatimizning barcha hududlari kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida ko‘chat ekish, bog‘lar, yashil belbog‘lar yaratish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tashabbusi bilan Nukus shahrining “Shodli ovul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 1,5 gektar foydalanilmayotgan yer maydoni o‘zlashtirilib, ekishga shay holga keltirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev rahbarligida ushbu o‘zlashtirilgan yerga prokuratura xodimlari 500 dan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlarni ekdi. Shuningdek, barcha hududiy prokuraturalar tomonidan ham 3 mingga yaqin mevali va manzarali ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilib, bog‘lar, yashil belbog‘lar yaratilmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri