Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etib, Qoraqalpoq tilining davlat tili sifatidagi maqomi millat uchun katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, xalqimizning o‘zligini anglashida, milliy qadriyatlar va merosimizni asrash, uni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lganligi qayd etildi. Talaba-yoshlar bilan birgalikda Qoraqalpoq tilining ahamiyati, uning zamonaviy sharoitdagi rivojlanish yo‘nalishlari va istiqbollari haqida qizg‘in fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirning badiiy qismida iqtidorli yoshlar ulug‘ adiblarning Ona tilimizga bag‘ishlangan asarlaridan parchalar keltirishdi va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri