O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari uchun o‘zaro viza olish tartibi o‘zgaradi
434
Davlatimiz rahbari va XXR Raisi o‘rtasidagi kelishuvga asosan, 2024 yil 1 dekabr kuni Chendu shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
Mazkur xalqaro shartnoma tomonlarning o‘zaro safariga doir masalani tartibga soladi.
Bitimga muvofiq, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari bir-biri hududiga kirib-chiqish yoki tranzitni amalga oshirishda 30 kungacha muddatga viza talabidan ozod qilinadi.
Hujjat har ikki tomondan zarur davlat ichki tartib-taomili bajarilgandan so‘ng kuchga kiradi.
O‘zA