Osiyo qit’asida futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati hal qiluvchi saralash bosqich 6-tur o‘yinlaridan keyin We Global Football portali jamoalarning okean ortidagi turnirga borish imkoniyatlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 6-turda KXDR ustidan erishgan g‘alabasidan so‘ng “JCH-2026” final bosqichiga chiqish imkoniyati 86,7 foizga baholandi.
O‘zbekiston terma jamoasi hozirda 6 ta turdan so‘ng o‘z guruhida Erondan so‘ng ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, “JCH-2026” saralash o‘yinlarining kelgusi yilgi tur o‘yinlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 4 ta o‘yin o‘tkazadi. Taqvimga ko‘ra, kelgusi yilning 20 martida terma jamoamiz Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasini qabul qilsa, 2025 yil 25 mart kuni mehmonda Eronga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, kelgusi yilning 5 iyunida BAAda termasi bilan kuch sinashsa, 10 iyun kuni guruhning so‘nggi o‘yinida Qatar termasini O‘zbekistonda qabul qiladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA