AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken fikricha, XAMAS yetakchilarini yo‘q qilish va 2023 yil 7 oktyabrdagi kabi yirik hujumning oldini olish orqali Isroil maqsadiga erishdi, endi G‘azodagi urushni tugatish vaqti kelgan bo‘lishi mumkin. Mazkur bayonotni u NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan muzokara o‘tkazish uchun Bryusselda kelgan payt jurnalistlar oldida berdi.

Davlat kotibi aytishicha, aholi G‘azo sektorining evakuatsiya qilish buyurilgan hududlarga qaytarilishini ta’minlash va insonparvarlik yordami oqimini ko‘paytirish uchun harbiy harakatda uzoqroq vaqt gumanitar tinish zarur, bir necha soat emas, balki bir necha kun davom etadigan pauzalar kerak.

Siyosatchi Kerem Abu Shalom nazorat-o‘tkazish manzilida 900 ta yuk mashinasi kutayotganini qo‘shimcha qilib, Isroil gumanitar yordam muhtojlarga xavfsiz yetkazilishi uchun mas’ulligini eslatdi.

Mahbuslarni ozod qilish va urushni to‘xtatish uchun sa’y-harakat davom etayotganini qayd etgan Blinken to‘qnashuv tugagandan keyingi davr uchun reja tuzish ham muhimligini ta’kidladi. Uning xulosasi quyidagicha:

– Agar Isroil urushni to‘xtatishga qaror qilsa va asirlarni ozod qilish yo‘li topilsa, biz ham Isroil G‘azodan chiqib ketishi va XAMAS qaytmasligini ta’minlash uchun aniq rejaga ega bo‘lishimiz lozim. Shuning uchun mazkur rejani ishlab chiqish va amalga oshirish ustida astoydil harakat qilyapmiz.