O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining suv sporti saroyida suzishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha U11 va U13 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Musobaqaning U13 yosh toifasida brass usulda suzish bahslarida Asalxon Muqimova va Hasan Zamihullayev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kompleks usulda suzish bo‘yicha Imona Ismoilova hamda Husan Zamihullayevga teng keladigani topilmadi. Erkin usulda 4×100 metr masofaga o‘tgan estafeta bahslarida Toshkent jamoasi g‘olib bo‘ldi.

U11 yosh toifasida o‘tkazilgan ushbu yo‘nalishdagi bahslarda Mushtariy Abdug‘afforova, Bernora Davlatova, Roman Petrovnin, Olimjon O‘rinboyev shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Shu tariqa, besh kun davom etgan bahslar yakuniga ko‘ra Toshkent shahri jamoasi umumjamoa o‘rtasida 3942 ball to‘plagan holda O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA